Четверг, 09.05.2024
WwW.YOSHLAR.MOY.SU ZAMONAVIY ENTERNET PORTAL
SAYT MENUSI
BO'LINMALAR
SHERLAR [3]
SPORT YANGILIKLARI [2]
HAR XIL MAVZULAR [2]
MENGA MASLAHAT BERING [1]
TESTLAR TO'PLAMI [0]
TEXNIKA YANGILIKLARI [0]
SEVGI ROMANTIKA [4]
RASIMLAR [0]
BU JUDA QIZIQ [6]
QO'SHIQLAR MATNI [3]
TANQID-SHOV [2]
FIKIR MULOHAZA [4]
RIVOYATLAR [0]
HAJVIYALAR [0]
KAMPYUTER OLAMI [1]
YURAKNING MAHZUN SO'ZLARI [0]
FOYDALI MASLAHATLAR [1]
AVTOMOBILLAR OLAMI [1]
SHOW-BEZNES OLAMI [0]
MASHHURLAR AVTOBIOGRAFIYASI [3]
Online Radio [1]
YOU TUBE TV WORLD
UMMON-YONMA YON
MOBIL CHAT
200
Siz haqingizda...
 Hush kelibsiz: Гость  

QIDIRUV
Главная » 2012 » Март » 14 » INTERNET YANGILKLARI
07:31
INTERNET YANGILKLARI


Bugun Google Reader’imdagi yangiliklarni o‘qib o‘tirsam, bir yangilik e’tiborimni tortdi. Yangilik "В Вильнюсе самый быстрый интернет в мире” deb nomlangan edi. Darhol yangilikni o‘qishga tushdim, unda Net Index resursi ma’lumotlariga ko‘ra, eng tez interneti bo‘lgan shahar – Vilnyus (Litvaning poytaxti) ekanligi yozilgan edi. Vilnyusda internet ma’lumotlarini uzatish tezligi soniyasiga 36 Mbit’dan ortiqroqni tashkil qilar ekan. Yangilik davomida esa, Litvaning bu sohada liderligi va axborot texnologiyalarining o‘ta tezkor rivojlanib borilayotganligi ta’kidlab o‘tilgan edi.

Men mazkur ma’lumotni tekshirish uchun Google’ga Net Index deb qidirib, Net Index by Ookla saytiga tashrif buyurdim. Sayt internet tezligi borasidagi eng ishonchli statistikalarni berib boruvchi manba ekanligi haqida ma’lumot berib o‘tgan edi. Birinchi bo‘lib, dunyo xaritasi degan qismida, Litva davlatini tanlab, davlat xaritasidagi eng katta sharlar qaysi shaharga tegishli ekanligini bilishga qiziqdim. Litvadagi eng tez internet ko‘rsatkich 36Mbit emas, balki 42.66 Mbit va mazkur internet tezligi Vilnyus shahriga emas, Jonava shahriga tegishli edi. Keyin xaritaning pastidagi shaharlar bo‘yicha statistikani qaraganimda, Vilnyus hatto birinchi uchlikka ham kirmas edi. Jonava shahridan keyin Marijampole (37,83 Mbit), Palanga (37,53 Mbit) va Vilnyus (36,21 Mbit) shaharlari ko‘rsatilgan edi.

Maylida, balki kichik shaharlar bo‘lgani uchun Litvaning poytaxti deya Vilnyusni tanlashgandir deb, bosh sahifaga qaytib, dunyo xaritasidan O‘zbekistonni qidirishga tushdim. O‘zbekistonda internet tezligi 1,73 Mbitni tashkil etishi va davlatimiz xaritasida birgina Toshkent shahri (1,67 Mbit) ko‘rsatilgan edi. (Nega? Balki bizdagi internet monopolligi uchunmi? Yoki hamma kanallar bir Toshkentning o‘zidan chiqib ketgani uchunmi?)

O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha 146-o‘rinda ekanligi, natijalar 4 Noyabr va 3 Dekabr muddat oralig‘ida o‘tkazilgan test natijalariga ko‘ra tahlil qilinganligi hamda hududimizdan 30 721 ta unikal IP va jami 163 332 test o‘tkazilgan. (Eslatma: test deyilganda, internet foydalanuvchilari o‘zlarining internet tezligini o‘lchash uchun Speedtest.net va Pingtest.net xizmatlariga murojaat qilganliklari nazarda tutilmoqda). O‘zbekiston uchun o‘rtacha internet tezligi ko‘rsatkichi aynan 30 721 ta unikal IP foydalanuvchilari tezliklari emas, balki 14 123 tasining ko‘rsatkichlari e’tiborga olingan.

Yana pastroqqa o‘tarkanman, Internet Servis Provayderlarining statistikasi ham keltirib o‘tilgan edi: unda birinchi uchlikda COSCOM MChJ QK (3,95 Mbit), Uzpak Net (2,68 Mbit) va Uzdunrobita QK (1,88 Mbit) ISPlari ro‘yxati keltirilgan edi.

Demak, bizda eng tez internet UCell 3G internet foydalanuvchilarida ekan, shekilli?!

Net Index sayti bosh sahifasiga qaytib, dunyo xaritasidan keyingi blokka qarasam, o‘sha yerda TOP 10 ta davlatlar statistikasi ham berilgan edi: Litva (31,73 Mbit), Jan. Koreya (29,92 Mbit), Latviya (26,62 Mbit), Shvetsiya (26,03 Mbit), Ruminiya (25, 73 Mbit), Gollandiya (25,15 Mbit), Estoniya (23,12 Mbit), Bolgariya (22,81 Mbit), Svetsariya (20,41 Mbit), Singapur (18,53 Mbit). Mazkur o‘ntalik har bir davlatdan kamida 100 000 dan ortiq unikal IP internet tezligi ko‘rsatkichi mezon qilib olingan.

Davlatlar bo‘yicha statistikadan keyin dunyo shaharlari bo‘yicha ham statistika keltirilgan edi. Va nihoyat o‘sha ro‘yxatda, yuqoridagi yangilikda ta’kidlab o‘tilgan Vilnyus shahri birinchi o‘rinda turgan edi. Shaharlar bo‘yicha statistikaga qo‘yilgan mezonni o‘qishim bilan, haqiqatda dunyoda eng tez interneti bo‘lgan shahar Vilnyus ekanligiga ishonch hosil qildim: har bir shahardan kamida 75 000 dan ortiq unikal IP internet tezligi ko‘rsatkichi mezon qilib olingan edi. Vilnyus shahri aholisi 2011 yil ma’lumotlariga ko‘ra, 539 mingtani tashkil etishini hisobga oladigan bo‘lsak, statistika ma’lumotlariga ishonch hosil qilish qiyin bo‘lmaydi.
Категория: BU JUDA QIZIQ | Просмотров: 1336 | Добавил: Mr_ADMIN | Рейтинг: 3.0/1
Всего комментариев: 1
1 _ZARISHKA_  
0
Uncha tuwunmadim wunday busa xam raxmat

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
kalendar
«  Март 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
ONLAIN PLEYER
Ovoz bering
SEVGAN QO'SHIQCHINGIZGA OVOZ BERING
Всего ответов: 80
ARXIV
Sayt faollari
SAYT DO'STLARRI
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • Onlayin Klip
    ONLAYIN DO'STLAR

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Mr_TOXA Corp © 2024
    Сделать бесплатный сайт с uCoz