Четверг, 09.05.2024
WwW.YOSHLAR.MOY.SU ZAMONAVIY ENTERNET PORTAL
SAYT MENUSI
BO'LINMALAR
SHERLAR [3]
SPORT YANGILIKLARI [2]
HAR XIL MAVZULAR [2]
MENGA MASLAHAT BERING [1]
TESTLAR TO'PLAMI [0]
TEXNIKA YANGILIKLARI [0]
SEVGI ROMANTIKA [4]
RASIMLAR [0]
BU JUDA QIZIQ [6]
QO'SHIQLAR MATNI [3]
TANQID-SHOV [2]
FIKIR MULOHAZA [4]
RIVOYATLAR [0]
HAJVIYALAR [0]
KAMPYUTER OLAMI [1]
YURAKNING MAHZUN SO'ZLARI [0]
FOYDALI MASLAHATLAR [1]
AVTOMOBILLAR OLAMI [1]
SHOW-BEZNES OLAMI [0]
MASHHURLAR AVTOBIOGRAFIYASI [3]
Online Radio [1]
YOU TUBE TV WORLD
UMMON-YONMA YON
MOBIL CHAT
200
Siz haqingizda...
 Hush kelibsiz: Гость  

QIDIRUV
Главная » 2012 » Март » 28 » Ozodbek Nazarbekov dan bir necha Qo'shiqlar matnlari
11:09
Ozodbek Nazarbekov dan bir necha Qo'shiqlar matnlari


                                                                                       SHUKRONA 

Sharofiddin Boltaboyev she'ri 



Yaratganim, o'zingga shukr, 
G'amlar berib, suyganing uchun. 
Yaratganim, o'zingga shukr, 
Meni loyiq ko'rganing uchun. 
 Birda kelib – ketar omadni 
Qadrin bil, deb barcha ne'matni. 
Tashvishlari bisyor davlatni, 
Kamlar berib suyganing uchun. 
Yaratganim, o'zingga shukr 

Mo'jizang ko'p, aytay qay birin, 
Goho oshkor, goho yashirin, 
Dunyo ahli termulgan zamin, 
Buxoriylar berganing uchun. 
Yassaviyu Islomda ustun
Termiziylar berganing uchun. 

Ming bor qulluq, xolis ustozlar, 
Berding shoir, hofizu sozlar, 
Haqni yoz deb oppoq qog'ozlar 
Qalam berib suyganing uchun. 
Yaratganim, o'zingga shukr 

Gunohlarim ildizim qirqib, 
Toat qilsam o'zingdan qo'rqib, 
Dard bersang-da ko'zimga surtib 
Shukr, Tangrim, suyganing uchun. 
Yaratganim, o'zingga shukr. 

DEVONA OSHIQ 

Muhammad Yusuf she'ri 

Gulim, mehr ko`zda degani yolg`on, 
Mening dilimda hech o`chmas yolqinsiz, 
Qancha ko`rishmasak shuncha qadrdon, 
Qancha olis bo`lsak, shuncha yaqinsiz. 

Devona oshiqman, men bir devona, 
Ayting sizdan bo`lak kimim bor yana?.. 
Siz yo`q chog`imdagi dunyom begona, 
Siz yo`q bog`imdagi gullar yoqimsiz. 

Siz achchiq qismatim, siz iztirobim, 
Siz shirin dardimsiz, shurin azobim, 
Siz mening ko`klardan topgan oftobim, 
Yerlarda yo`qotgan ko`zmunchog`imsiz. 

Yodimda kechagi sho`xliklaringiz, 
Ko`ksimni kuydirgan kipriklaringiz, 
Siz o`sha — Orzusi oydan oydin qiz, 
Siz o`sha — kulgusi qo`ng`irog`imsiz. 

Siz o`sha ko`zimning kiftida turgan, 
Siz o`sha ko`nglimga ko`ngli in qurgan. 
To`kilay deb tilim uchida turgan 
She'rimsiz, bir umr bitmas ohimsiz... 

BEVAFO 

Ketar ekansan, shod kunlarimda 
ketsang bo'lmasmidi? 
Ko'ngling yo'q ekan, aytib ko'nglimdan 
o'tsang bo'lmasmidi? 
Tangrimdan bukun kelib boshimga 
tushdi mushkul savdo 
Shunday og'ir bir kunda yor bo'lib, 
kutsang bo'lmasmidi? 

Ey, bevafo endi qaytmagin 
Tunlar to'lg'onib, 
sensiz yashayman. 
Sen unutganim, meni kutmagin. 
Bag'rim o'rtanib, 
sensiz yashayman. 

Kun kelar Quyosh nuri ham 
ado bo'lg'ay, ey jafokash, 
Bu kir orzuga yuzimni bosmay 
etsang bo'lmasmidi? 
Kuyma fidoying bu bag'ri toshga 
sira ham arzimas. 
Shuncha mehringni bilganlarga 
baxsh etsang bo'lmasmidi? 

Ey, bevafo endi qaytmagin 
Tunlar to'lg'onib, 
sensiz yashayman. 
Sen unutganim, meni kutmagin. 
Bag'rim o'rtanib, 
sensiz yashayman.
Категория: QO'SHIQLAR MATNI | Просмотров: 1429 | Добавил: Mr_ADMIN | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
kalendar
«  Март 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
ONLAIN PLEYER
Ovoz bering
SEVGAN QO'SHIQCHINGIZGA OVOZ BERING
Всего ответов: 80
ARXIV
Sayt faollari
SAYT DO'STLARRI
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • Onlayin Klip
    ONLAYIN DO'STLAR

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Mr_TOXA Corp © 2024
    Сделать бесплатный сайт с uCoz