Bunchalar bo'lmasam gumroh ... Bunchalar insofsiz ... Shu so'zlar endi, Sizni ko'rganimda xayolimda charx ura boshlayapti ... Avvallari esa ko'zlaringizga boqib "bunchalar baxtliman, bunchalar omadliman", degan so'zlar mening qalbimga oro berar edi. Endi esa ul ko'zlarga tik boqa olmayman. Bilmadim nima gunohim, bilmadim nima uchun... Hammasi Sizga bo'lgan sevgimning so'nganida, Sizni esa hali-hanuz menga sevgingiz kuchayganida ... Bunchalar ko'nglim behayo ? Bunchalar beibo ? Bunchalar lafzsiz ? Eh, ko'ngil, yana necha bor sevasan ? Buncha tez aynimasang ? Buncha bevafosan ? O'z-o'zimdan nafratlanib ketmoqdaman ... Bir qo'shiqchi menga o'z dastxatini berganda shunday yozgan edi: "Yuragingda anor gullashini tilayman"... Sezgan shekilli, mening ko'nglim qandayligini ... Axir anor guli mevaga kirsa, uning ichida hosili limmo-lim bo'ladi ... Xuddi mening yuragimning muhabbat yotoqxonalari kabi, mahbubalari kabi ... Sizga esa mening tilagim: yuragingizda muhabbat timsoli-olma gullashini xohlardim. Men esa ... bunga nomunosibman ..